歌词
Mo'jiza izlaysiz mayli ayol deb
Shundoq ham bu hayot o'xshar ertakka
Qo'lingizdan kelsa, qo'rg'on bo'ling siz
Ayol zor bo'lmasin bir mard erkakka
Mo'jiza yaratmang mayli ayol deb
Shundoq ham bu hayot o'xshar ertakka
Mo'jiza yaratmang mayli ayol deb
Shundoq ham bu hayot o'xshar ertakka
Qo'lingizdan kelsa, qo'rg'on bo'ling siz
Ayol zor bo'lmasin bir mard erkakka
Qo'lingizdan kelsa, qo'rg'on bo'ling siz
Ayol zor bo'lmasin bir mard erkakka
Ayolning g'ururi tog'dan suv ichar
Toshlar tekkan sayin tikroq bo'ladi
“Sen oysan” degan kun osmondan tushar
Poyingiz o'pgani tuproq bo'ladi
“Sen oysan” degan kun osmondan tushar
Poyingiz o'pgani tuproq bo'ladi
Ayol, ayol, ayol
Mo'jiza ayol
Ayol, ayol, ayol
Mo'jiza ayol
♪~Musiqa~♪
“Sensiz yasholmayman” desangiz netar?
Mayliga erkalab, ko'nglin olgani
“Sensiz yasholmayman” desangiz netar?
Mayliga erkalab, ko'nglin olgani
Shu bir og'izgina so'zingiz yetar
Uning yuragida mangu qolgani
Mo'jiza izlaysiz beayb egam
Sarg'ayib boradi sabrli yuzi
Ba’zida sezmaysiz ayting, eh nega?
Axir mo'jizaku ayolning o'zi
Ayol, ayol, ayol
Mo'jiza ayol
Ayol, ayol, ayol
Mo'jiza ayol
Ayol, ayol, ayol
Mo'jiza ayol
Ayol, ayol, ayol
Mo'jiza ayol
Mo'jiza yaratmang mayli ayol deb…
专辑信息
1.Qirmizi Olma
2.Ona
3.Ayol
4.Zinkaka-Zinkak
5.Atirgul
6.Mubtalo Bo'ldim Sango
7.Vatan Bilan Bo'l
8.O'g'lim
9.O'ynasa Yor
10.Bir Dona
11.Siz Yig'lamang
12.Tabib
13.Sog'inib (Version 2016)
14.Ota
15.Lola